04/Fevral/2023 Vatandoshlarimiz
VLADIVOSTOK, 4-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Vladivostok shahridagi «RS grupp» MCHJda vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri
Diplomatlar vatandoshlarimizning mehnat va yashash sharoitlari bilan tanishdi, ish beruvchi va mutaxassislar o‘rtasida o‘rnatilgan shartnomaviy munosabatlarni o‘rgandi.
Muloqot chog‘ida davlatimiz tomonidan xorijda vaqtincha mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning qonuniy huquqlarini taʼminlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz mehnat migratsiyasini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar haqida so‘zlab berildi. Davlatimiz rahbarining «Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori va boshqa huquqiy hujjatlar doirasida mehnat migrantlariga berilayotgan imtiyozlar haqida maʼlumot taqdim qilindi berildi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yurtdoshlarimiz migrantlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.