Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2022   Ta'lim

O‘zbekiston elchilari tomonidan akademik litseyga kompyuter va boshqa o‘quv jihozlari topshirildi

TOSHKENT, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Akademik litseyga xorijiy tillardagi o‘quv materiallari, kompyuterlar va boshqa zarur jihozlarni topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”  AA muxbiri.


Tadbirda mamlakatimizning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov, Qozog‘istondagi elchi Saidikram Niyozxo‘jayev, Rossiyadagi elchi Botirjon Asadov, Saudiya Arabistonidagi diplomatiya vakolatxonasi rahbari Ulug‘bek Maqsudov, Tojikistondagi diplomatiya missiyasini boshqarayotgan Ergash Shoismatov, Turkmanistondagi elchi Akmaljon Qo‘chqorov va Turkiyadagi elchi Alisher Aʼzamxo‘jayev qatnashdi.

Uchrashuvda o‘quvchilar diplomatlar faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bilan tanishish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Maʼlumot tariqasida qayd etish joizki, Tashqi ishlar vazirligi homiylikka olgan Uchtepa tumanidagi maktabga, shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Parij II Panteon-Ass...

Mamlakatimizning Parijdagi elchisi O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasida ...

Yaponiya universiteti O‘zbekiston bilan ...

Mamlakatimizning Tokiodagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi v...

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida professio...

Kecha O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasida oflayn va onlayn tarzda “Professi...

So`nggi yangiliklar