Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyun/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston elchisi Avstraliya general-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

KANBERRA, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Favqulodda va muxtor elchisi Qaxramon Shokirov bugun Avstraliya general-gubernatori Devid Xyorliga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Avstraliya tashqi ishlar vazirligining maʼlumotiga ko‘ra, general-gubernator qarorgohida ishonch yorliqlarini topshirish marosimi mamlakatda COVID-19 bilan bog‘liq cheklovlar olib tashlanganidan keyin birinchi marta o‘tkazildi.

Uchrashuvda elchi Avstraliya rahbariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida maʼlumot berdi.

General-gubernator so‘nggi yillarda O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari, 2019 yilda sayyohlar sonining uch baravar ko‘payishi, respublikaning to‘qimachilik, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarida olib borilayotgan jadal o‘zgarishlarni yuqori baholadi.

 O‘zbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida so‘nggi yillarda 25 ga yaqin xorijiy universitetlar filiallari ochilgani qayd etildi. Devid Xyorli Avstraliya  va O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini  taʼkidladi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va melioratsiya tizimi, chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha Avstraliya tajribasining zamonaviy usullarini tadbiq etish uchun o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlari ham alohida taʼkidlandi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Avstraliya hamkorligining boshqa istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, Qahramon Shakirov 2018 yilning iyun oyidan buyon O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi lavozimida ishlab kelmoqda va u bir vaqtning o‘zida mamlakatimizning Avstraliyadagi elchisi sifatida tayinlangan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi G‘arbiy Yaponiya xal...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Xirosima shahriga atom bom...

«Oltin qalam» bilan taqdirlangan nemis j...

Mamlakatimiz elchixonasida Jurnalistika sohasida «Oltin qalam» XV Milliy mukofotining «O‘z...

Navro‘z Polshada nishonlandi

Navro‘z Polshada nishonlandi

So`nggi yangiliklar