Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston elchisi Buyuk Britaniya parlamenti aʼzosi bilan mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi


LONDON, 13-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Said Rustamov Buyuk Britaniya parlamentining Uels milliy partiyasi (Plaid Cymru) aʼzosi, O‘zbekiston bo‘yicha umumpartiyaviy parlament guruhi aʼzosi Xayvel Uilyams bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar berdi “Dunyo” AA muxbiri.

Onlayn-muloqotda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya parlamentlararo muloqotini kuchaytirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar, shu jumladan, O‘zbekiston va Uels mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Britaniyalik deputatga O‘zbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan keng ko‘lamli siyosiy va iqtisodiy islohotlar, shu jumladan, parlamentarizmni rivojlantirish va inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha saʼy-harakatlar, so‘nggi yillarda o‘zbek-ingliz hamkorligining turli jabhalarida erishilayotgan ijobiy dinamika to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi. O‘zbekistonning Buyuk Britaniya bilan mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorligi qayd etildi.

Xayvel Uilyams Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ayniqsa, taʼlim sohasidagi aloqalarning izchilligini yuqori baholadi. Xususan, siyosatchining o‘zi o‘qigan va dars bergan Uelsning Bangor va Kardiff universitetlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali bilan samarali hamkorlik qilmoqda.

Parlamentlararo aloqalar, shu jumladan, qo‘shma tadbirlar va o‘zaro tashriflar tashkil etishni qo‘llab-quvvatlar ekan, deputat mintaqalardagi vakillik organlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish zarurligini taʼkidladi. Siyosatchi Uels ishbilarmon doiralari, shu jumladan, savdo va sanoat uyushmalari hamda o‘zbekistonlik sherik tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid

Kuvayt kompaniyasi O‘zbekistondan import...

O‘zbekiston elchisi Bahromjon Aʼloyev Kuvaytda «Fursan Al Khaleej» kompaniyasi direktori J...

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekiston qur...

Mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida «Beijing GOKO Investment Manage...

Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekist...

Mamlakatimizning Ar-Riyoddagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonining «SABIC» ko...

So`nggi yangiliklar