Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston elchisi: “GSP+” maqomini olish O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga Yevropa bozoriga eksport hajmini kamida 300 million dollarga ko‘paytirishga imkon beradi


BRYUSSEL, 13-aprel. / “Dunyo” AA /. Kecha O‘zbekiston elchisi Dilyor Hakimov Bryussel press-klubida «O‘zbekistonning “GSP+” benefitsiari maqomini olishi: O‘zbekiston-Yevropa munosabatlarining istiqbollari» mavzusida maʼruza qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekistonning “GSP+”ning benefitsiari maqomini olishi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ishbilarmonlik muhiti va mehnat sharoitlarini yaxshilash, sud tizimini takomillashtirish, maʼmuriy masʼuliyat va samaradorlikni yuksaltirish hamda boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning eʼtirofi ekani alohida qayd etildi. Bu, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat sohalaridagi izchil ijobiy rivojlanishdan dalolat beradi.

O‘zbekiston “GSP+” benefitsiari sifatida amaldagi “GSP” standartlariga nisbatan ko‘proq iqtisodiy manfaatga ega bo‘lishi alohida taʼkidlandi. Tariflarning bekor qilinishi eksport hajmining o‘sishi va mamlakatga qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilish imkoniyatlarini taqdim qiladi. “GSP+” doirasida barqaror rivojlanish bo‘yicha majburiyatlar ijrosi O‘zbekistonning ishonchli va istiqbolli iqtisodiy sherik sifatida mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xususan, “GSP+” maqomi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport hajmini yiliga kamida 300 million AQSH dollarigacha ko‘paytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, kimyo, rangli metallar va iqtisodiyotimizning boshqa sohalarida ishlab chiqarilgan 6 ming 200 turdagi mahsulotni Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga bojsiz eksport qilish mumkin bo‘ladi.

Shu maʼnoda, “GSP+”  nafaqat eksport hajmini oshirish, balki mamlakatimizning turli sohalardagi faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish, zarur bilim va ko‘nikmalarni egallash, yuqori sifat darajasini taʼminlashga ko‘maklashadi.

O‘zbekistonning “GSP+”ga qo‘shilishi ikki tomonlama munosabatlarda muhim voqea bo‘ldi. Bu nafaqat mamlakatimiz, balki Yevropa Ittifoqi uchun ham manfaatlidir. Yevropa Ittifoqiga mahsulot eksport qilish uchun xalqaro talablar va sifat darajasiga qatʼiy rioya qilinadi. Shu sababli Yevropa biznesi va ishlab chiqaruvchilari endi mamlakatimizga butunlay boshqacha munosabatda bo‘ladi.

Elchi O‘zbekistonning “GSP+”ga qo‘shilishi nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlash, balki O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi xalqlariga manfaat keltirishiga ishonch bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston barcha misrliklar uchun u qa...

Kirib kelayotgan yangi 2021 yil munosabati bilan Misr yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Abdurra...

Seulda Yevroosiyo turkshunoslik institut...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida Yevroosiyo turkshunoslik instituti direkt...

Latviya universitetining Farg‘ona filial...

O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadambay Sultonov Axborot tizimlarini boshqarish oliy ...

So`nggi yangiliklar