Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2021   Dolzarb

O‘zbekiston elchisi Hindiston davlat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi


 DEHLI, 19 oktyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahatov kecha Hindiston davlat tashqi ishlar vaziri va davlat madaniyat ishlari vaziri Minakashi Lekhi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Minakashi Lekxi 2021 yil 23-27 sentyabr kunlari Toshkentga amalga oshirilgan tashrifni har tomonlama samarali va yuqori darajada tashkil etilgani uchun O‘zbekiston hukumatiga yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirdi.

Tashrif davomida O‘zbekistan va Hindiston hukumatlari o‘rtasida 2021-2025 yillarga muljallangan Madaniy almashinuv dasturining imzolangani mazkur yo‘nalishdagi amaliy hamkorlik uchun muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi. Mazkur dastur doirasida ikki davlat muzeylari, yirik kutubxonalari va arxivlari o‘rtasida faol amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Hindiston hamkorligi kun tartibidagi joriy masalalar va istiqboldagi ahamiyatli tadbirlar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

Ozarbayjondan munosabat: MDH forumi axbo...

Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Axborot texnologiyalari instituti direktori o‘rinbosa...

Elchi Guseyn Guliyev: Mamlakatlarimiz o‘...

Prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy inauguratsiya marosimida ishtirok etgan Ozarbayjon...

Misr bilan ilm-fan va taʼlim sohasidagi ...

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi tomonidan Misrning yetakchi oliy taʼlim muassasalar...

So`nggi yangiliklar