Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Avgust/2021   Dolzarb

O‘zbekiston elchisi Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

DЕHLI, 6 avgust. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Dehlidagi elchisi Dilshod Ahatov Hindiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Rinat Sandxu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibida turgan joriy masalalar va rejalashtirilgan muhim tadbirlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Xususan, 2021 yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik: Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi yakunlari va tadbirda Hindiston delegatsiyasining ishtiroki doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Har ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan hujjatlar loyihalari hayotga tadbiq etilishini jadallashtirish hamda bu borada mutaxassislar o‘rtasida onlayn-muzokaralarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mavzuga oid

Kuvaytdan munosabat: Bugun Toshkent va M...

“Al-Ray” gazetasi bosh muharriri Holid Muhammad al-Sharqaviy “Dunyo” AAga bergan intervyus...

Aprel oyidan boshlab Toshkentdan Moskvag...

10 apreldan boshlab haftaning shanba kunlari Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishida par...

Germaniya tashqi ishlar vazirligining “F...

Germaniya tashqi ishlar federal vazirligining “Facebook” va “Instagram” ijtimoiy tarmoqla...

So`nggi yangiliklar