Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   Iqtisodiyot

O‘zbekiston elchisi Indoneziya qishloq xo‘jaligi vaziri bilan o‘zaro hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama qildi


JAKARTA, 25 noyabr. “Dunyo” AA/.  Mamlakatimiz elchisi Ulug‘bek Rozuqulov Indoneziya qishloq xo‘jaligi vaziri Syarul Yasin Limpo bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, investitsiya, savdo va innovatsion salohiyati haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.

 Muloqot davomida ikki mamlakat karantin xizmatlari o‘rtasida 17 turdagi mahsulotlarda zararkunandalar xavfini tekshirish va tegishli hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistondan Indoneziyaga gilos, anor, quritilgan achchiq qalampir mahsulotlari eksportini, Indoneziyadan esa banan, ananas, pitayya singari mevalar importini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi. 

 Bundan tashqari, muloqotda  sholichilik va choy yetishtirish bo‘yicha Indoneziya tajribasini o‘rganish, chorvachilik sohasida hamkorlik qilish  va ushbu yo‘nalishlarda indoneziyalik mutaxassislarni jalb etish xususida fikr almashildi.

Tomonlar ikki tomonlama aloqalarning normativ-huquqiy bazasini yaratish va mustahkamlash, xususan, O‘zbekiston va Indoneziya qishloq xo‘jaliklari vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro Anglashuv memorandumi loyihasini ishlab chiqish va imzolash  bo‘yicha kelishib oldi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va BAA quyosh energetikasini...

O‘zbekiston o‘n yil davomida umumiy quvvati 5000 MVt bo‘lgan fotoelektrik (quyosh) elektr ...

Bosh vazirning o‘rinbosari boshchiligida...

Joriy yil 12 – 13 fevral kunlari O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov ...

Popda kuniga 1 ming tonna sement ishlab ...

Pop tumanida bir sutkada 1 ming tonna yuqori sifatli sement ishlab chiqaradigan yirik «Pop...

So`nggi yangiliklar