Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   Siyosat

O‘zbekiston elchisi Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri bilan parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi


KUALA-LUMPUR, 5-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov Malayziya parlamentining Vakillar palatasi (Dewan Rakyat) spikeri lavozimiga yangi saylangan Azhar Azizan Xarun bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida Azhar Azizan Xarunga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan yo‘llagan tabrik xatining nusxasi topshirildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Malayziya hamkorligining bugungi holati va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Vakillar palatasi spikeri tabrik uchun samimiy minnatdorlik bildirib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Malayziya munosabatlarini izchil kengaytirish va mustahkamlash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Uning taʼkidlashicha, Malayziya O‘zbekistonda iqtisodiyotni yana-da liberallashtirish va modernizatsiya qilish, davlat boshqaruvi hamda sud-huquq sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholaydi.

Tomonlar bir-birlariga koronavirus tarqalishiga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida maʼlumot berdi va ushbu sohada hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

Shuningdepk, muloqotda ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi aloqalarni yana-da rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi. Parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish barcha sohalardagi o‘zaro munosabatlarga ijobiy taʼsir o‘tkazishi qayd etildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantrish, jumladan, 2020-yil sentyabr oyida navbatdagi onlayn forum o‘tkazish va pandemiyadan keyingi davrda tashriflar almashish to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shav...

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.

O‘zbekiston Prezidenti Nursulton Nazarbo...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Birinch...

AQShning maxsus topshiriqlar bo‘yicha el...

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi vakillari AQSh Davlat kotibi yordamchisi, Davla...

So`nggi yangiliklar