Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston elchisi Ukrainaning yirik farmatsevtika kompaniyasi rahbariga davlat mukofoti topshirdi


KIYEV, 27 noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov ushbu mamlakatning eng yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri - “Farmak” rahbari Fila Jebrovskayaga «O‘zbekiston Respublikasi mustakilligining 30 yilligi» esdalik nishonini tantanali tarzda topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda “Farmak” kompaniyasining O‘zbekiston aholisini zarur sifatli tibbiy dori mahsulotlari bilan taʼminlash bo‘yicha faoliyati, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida olib borayotgan ishlari yuqori baholandi.

“Farmak” kompaniyasi bugungi kunda Ukrainada farmatsevtika sohasida yetakchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bu yerda dori-darmon sohasidagi ilg‘or jahon amaliyotiga javob beradigan ishlab chiqarish va sifat standartlari qo‘llaniladi.

Fila Jebrovskaya mukofotni qabul qilib olar ekan, kamtarona mehnatiga berilgan yuksak baho uchun O‘zbekiston rahbariyatiga o‘z minnatdorligini bildirdi. U O‘zbekistonda keng miqyosda amalga oshirilayotgan liberallashtirish jarayonlari mamlakatimizda qattiq dori shakllarini ishlab chiqarishga investitsiya kiritish uchun asos bo‘lganini taʼkidladi.

O‘zbekiston bilan hamkorlik haqida so‘z yuritib, Fila Jebrovskaya bugun Toshkent shahrida 100 ga yaqin mahalliy xodim mehnat qilayotgan loyiha idorasi faoliyat ko‘rsatayotganini maʼlum qildi.   

“Farmak” rahbari O‘zbekiston bilan aloqalarni yana-da mustahkamlashga tayyorligini taʼkidlab, kompaniya respublikada ishlab chiqarish loyihasini yaqin muddatda  ishga tushirishga umid bildirdi.

Mavzuga oid

Ozarbayjonda O‘zbekiston turistik salohi...

Mamlakatimizning Bokudagi elchixonasi Ozarbayjon turizm va menejment universitetida tahsil...

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni ...

Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Murod Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya amal...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchi...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan «Oltin daftar»ga kiritilgan, ushb...

So`nggi yangiliklar