Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/May/2021   Jamiyat

O‘zbekiston elchixonasi: AQSHdan Orolbo‘yi mintaqasiga gumanitar yuklarning birinchi partiyasi yuborildi


VASHINGTON, 4 may. /«Dunyo» AA/. Elchi Javlon Vahobov boshchiligida o‘zbek diplomatlari Vashington shtatining Sietl shahrida Qoraqalpog‘iston aholisi uchun Amerikaning «Project C.U.R.E.»  kompaniyasi tomonidan  tashkil etilgan  xayriya loyihasi doirasida birinchi gumanitar yordamni yuborish marosimida qatnashdi, deb xabar beradi «Dunyo» AA muxbiri.

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda «Boeing» kompaniyasi vitse-prezidenti Monta Freyzer, «Project C.U.R.E.» nodavlat tashkiloti prezidenti Duglas Jekson va ushbu NNTning xorijiy hukumatlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Melisa Esposti ishtirok etdi.

Mazkur tadbir Qoraqalpog‘istonga gumanitar yordam tashkil qilish doirasida «Project C.U.R.E.» va «Boeing» bilan hamkorlikda ushtirildi. Yuk tarkibini qiymati 3 million dollarlik tibbiyot buyumlari va jihozlari, sun’iy shamollatish moslamalarini o‘z ichiga olgan 40 futlik o‘nta konteyner tashkil qildi. Kelishuvlar 2019 yilda elchixona rahbari va «Project C.U.R.E.»  prezidenti Duglas Jekson bilan tashkilotning Vest-Gruve (Pensilvaniya) va Xyuston (Texas) shaharlaridagi omborlariga tashrif  chog‘ida erishilgan edi.

Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi so‘roviga binoan «Project C.U.R.E.» tomonidan Sietlda shakllantirilgan gumanitar yukning birinchi jo‘natmasi qariyb 6 tonnaga teng. Ushbu yukni Kanzas-sitidan Sietlga (3 ming kilometr) Pensilvaniya shtatidagi o‘zbeklar diasporasi faollaridan biri, logistika kompaniyasi asoschisi Ahmadjon Odilov beg‘araz amalga oshirdi. Bundan tashqari, AQSHdagi vatandoshlar tomonidan asos solingan «Give to Get International» xayriya tashkiloti ko‘magida mustaqil ekspertlarning Qoraqalpog‘istondagi tibbiyot muassasalarining ehtiyojlarini baholash bo‘yicha xarajatlari to‘landi.

«Boeing» vitse-prezidenti Monta Freyzer o‘z so‘zida kompaniya rahbariyati so‘nggi 25 yil ichida «Uzbekistan airways» bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgani va O‘zbekistonning aviatsiya sohasini rivojlantirishdagi yutuqlarini yuqori baholashini ta’kidladi.

«Biz  Qoraqalpog‘istonga gumanitar yukning birinchi partiyasini «Dreamliner» samolyotida  yuborish tadbirida ishtirok etayotganimizdan juda xursandmiz, - dedi Monta Freyzer. – Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bugungi sinovli vaqtda ushbu xayriya tadbiriga ulush qshayotganimizdan mamnunmiz». «Boeing» vakili ushbu tadbir amerikalik samolyot ishlab chiqaruvchi, notijorat tashkilot va elchixona o‘rtasidagi muvaffaqiyatli davlat-xususiy hamkorligiga yaqqol misol bo‘lishini ta’kidladi.

Monta Freyzer «Boeing»ning O‘zbekiston bilan strategik hamkorlikni davom ettirishga sodiqligini tasdiqlagan holda «Project C.U.R.E.»  loyihasiga  100 ming dollar miqdoridagi chek topshirdi.  Ushbu mablag‘ Orolbo‘yi aholisi uchun navbatdagi gumanitar yordamni yetkazishni moliyalashtirish uchun ishlatiladi.

«Project C.U.R.E.» prezidenti Duglas Jekson Qoraqalpog‘istondagi tibbiyot muassasalariga gumanitar yordamning birinchi partiyasini yetkazib berish bo‘yicha erishilgan natijalardan mamnun ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, elchi Orol dengizi hududi aholisiga ko‘rsatilayotgan xayriya yordami uchun «Boeing» va «Project C.U.R.E.» kompaniyalariga minnatdorlik bildirdi.

Gumanitar yordam Sietldan Toshkentga «Uzbekistan Airways» AJ uchun «Boeing» zavodida ishlab chiqarilgan yettita so‘nggi  yangi «Dreamliner» samolyotidan biri  orqali yetkazib beriladi. 5 may kuni esa beg‘araz ko‘mak Toshkentdan Nukus shahriga yetkaziladi. Tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan navbatdagi to‘rtta konteynerdagi insonparvarlik yuki yoz fasli oxiriga qadar Orolbo‘yi mintaqasiga yuboriladi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyu...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida yaqinda tashkil etilgan jamoat tashkiloti – Janubi...

O‘zbekistonga Rossiya sog‘liqni saqlash ...

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, Rossiya sog‘liqni saqlash vazir...

O‘zbek palovi uchun yangi makon yoxud mo...

Qozog‘istonlik yosh tadbirkor Oljas Janibek favqulodda holat tartibi joriy etilganiga qara...

So`nggi yangiliklar