Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston elchixonasi Fransiyaning Bretan mintaqasi bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda


PARIJ, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Fransiya hududlari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, fransuz sarmoyadorlari mablag‘larini jalb etish, respublikamiz turizm salohiyati va madaniy merosi to‘g‘risida taqdimot o‘tkazish maqsadida mamlakatimizining Parijdagi elchixona xodimlari Bretan mintaqasiga amaliy safar bilan bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

Safar davomida «Bretagne Commerce International» (BCI) tashkiloti bosh direktori Dilye Sturlan va Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘limi rahbari Fransuaz Ajiu bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda fransuz tomoniga so‘nggi yillarda yurtimizda turli jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlar, xorijiy kompaniyalarni jalb etish uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit va Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimi benefitsiari maqomi doirasida o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari eksporti yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil maʼlumot taqdim etildi. O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlar yangi ijobiy dinamik tus olganiga alohida urg‘u berildi.

Didye Sturlan “BCI” tashkiloti Bretan mintaqasida chet el davlatlari va elchixonalari bilan tashqi savdo, investitsiya va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilganini bildirdi. Bretan Mintaqaviy kengashi va Savdo sanoat palatasi mazkur tashkilotning taʼsischilari hisoblanadi. Tashkilot 1000 dan ortiq aʼzoga ega.

“BCI”  bosh direktori O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni yuqori baholab, COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrda tashkilotning Osiyo mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfatdor ekanini taʼkidladi.  

«Bretagne Commerce International»  rahbari 2022 yil mart oyida Renn shahrida o‘tkaziladigan xalqaro biznesni rivojlantirishga qaratilgan «Open de L‘International» ko‘rgazmasiga O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki bo‘yicha taklifini bildirdi.

Tomonlar 2022 yilda birgalikda vebinar, taqdimot, biznes-brifing tashkil etish, Bretan mintaqaviy kengashi va Savdo sanoat palatasida «O‘zbeksiton va Fransiya: hududlararo iqtisodiy hamkorlik» mavzusida konferensiya o‘tkazishga kelishib oldi. 

Fransiya vakillarining maʼlumotiga ko‘ra, mintaqa sanoatda yuqori tehnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Yevropada oldingi o‘rinlarda turadi. Mazkur hududda xalqaro standartlarga javob beradigan 10 dan ortiq raqobatdosh klaster, 16 ta innovatsion markaz va 7 ta texnologik xab faoliyat yuritadi. Shu nuqtai nazardan, yuqoridagi sohalarda Fransiya tajribasini o‘rganish bo‘yicha aloqalarni mustahkamlashga  kelishib olindi.

Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, telekommunikatsiya, raqamli texnologiya, chorvachilik, baliqchilik va taʼlim, shuningdek, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohalarida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha bir to‘xtamga kelindi. 

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi "Cha...

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov "Chakana savdo haftaligi - 2021" yilli...

Bryusselda «Yevropa Ittifoqi – O‘zbekist...

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi tomonidan «Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston» do‘stli...

Rossiyadan Qoraqalpog‘istonga texnik yo...

Kecha O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ko‘magida ushbu mamlakatning «BL Grupp» va “...

So`nggi yangiliklar