Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Mart/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston elchixonasi Janubiy Koreyada ta'lim olish va mehnat qilish imkoniyatlari mavzusida onlayn-konferensiya o‘tkazdi

SEUL, 21 mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi va O‘zbekiston Yoshlari umumjahon assosiasiyasining ushshu davlatdagi vakolatxonasi hamkorligida «Janubiy Koreyada ta'lim olish, hayot va imkoniyatlar» nomli onlayn-konferensiya tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Onlayn-anjumanda Koreya Respublikasida ta'lim olayotgan va vaqtincha mehnat faoliyatini yuritayotgan vatandoshlarimiz, Janubiy Koreyaga o‘qishga kelishni rejalashtirayotgan yoshlar vakillari qatnashdi.

Tadbirda Janubiy Koreya ta'lim tizimi, grantlar olish tartibi, talabalarga mehnat qilish taqdim etiladigan imkoniyatlar, o‘qishni tugatgandan so‘ng ishga joylashish istiqbollari, viza olish va boshqa masalalar bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

Shu bilan birga ishtirokchilardan tushgan ko‘p sonli savollarga interaktiv tarzda javoblar berildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar doi...

Joriy yil 13-14 oktyabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda ham...

O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsuli ...

O‘zbekiston bosh konsuli Fariddin Nasriyev Qozon shahridagi Xalqaro munosabatlar instituti...

Polshada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Osiyo kon...

O‘zbekistonning Polshadagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Boboyev Torun shahrida onla...

So`nggi yangiliklar