Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Janubiy Koreyaning Yosu shahri Immigratsiya xizmati vakillari bilan uchrashdi


SЕUL, 6-oktabr /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ushbu davlatning huquqni himoya qilish idoralari bilan faol hamkorlik munosabatlarini o‘rnatgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasi xodimlari Yosu shahar Immigratsiya xizmatiga safar uyushtirib, mazkur muassasada Janubiy Koreyada bo‘lish qoidalarini buzishda gumonlangan holda ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarolari bilan suhbat o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga huquqiy masalalarda maslahatlar hamda advokat yollash va zarur holatlarda elchixonaga murojaat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Muassasada ushlab turilganlar uchun yaratilgan yashash sharoitlari, madaniy-ma’rifiy sohalarda taqdim etilayotgan dasturlar bilan tanishildi.

O‘z navbatida, fuqarolarimiz elchixona xodimlariga ular tomonidan ko‘rsatilgan huquqiy va boshqa amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Suhbat chog‘ida vatandoshlarga qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar ular O‘zbekiston himoyasida ekanligi alohida qayd etildi.

Shuni ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda hayotga tadbiq etilayotgan islohotlar samarasida diplomatiya missiyalari tomonidan xorijdagi yurtdoshlarimizga konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatish borasidagi ishlar sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining mintaqaviy va...

O‘zbekistonning Tailanddagi Bosh konsulxonasida Tailand Milliy Assambleyasi Vakillar pala...

Xelsinki O‘zbekistonni Markaziy Osiyo ma...

Elchi Q.Sultonov Finlyandiya TIV ning Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo departame...

Orolbo‘yi masalalari bo‘yicha O‘zbekisto...

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi hamda Xitoy o‘rmon...

So`nggi yangiliklar