Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Sentabr/2021   Mustaqillikka 30 yil

O‘zbekiston elchixonasida mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi


QOHIRA, 8 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Misrdagi elchixonasi Siyosiy va axborot tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi: yangi respublikaning shakllanishi yo‘lida» mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Misr tadqiqotlari Milliy kengashi professori, Misr – O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi Magdi Zaʼbal boshlovchiligida o‘tkazilgan ushbu tadbirda parlament senatori, “ash-Shuruk” kundalik gazetasi bosh muharriri Imaduddin Huseyn, Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Hamdi al-Anayen, Islom sanʼati muzeyining direktori Mamdux Usmon, “Xivar” siyosiy va axborot tadqiqotlari markazi boshqaruvining raisi, “al-Jumhuriya” kundalik gazetasi bosh muharriri Muhammad Talʼat, «Rouz al-Yusuf» kundalik gazetasi bosh muharriri Isamuddin al-Gavvad, Qohiradagi Misr – O‘zbekiston do‘stlik jamiyati aʼzolari, mamlakatning ilmiy-akademik, ekspert, ishbilarmon doiralari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

 Seminar chog‘ida uning ishtirokchilari mamlakatimizning mustaqil rivojlanish yillari davomida yangi davlat va jamiyat barpo etish yo‘lida erishgan muhim va ulkan muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishdi. Qisqa muddat ichida mamlakatning zamonaviy Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. Zamonaviy davlatchilik asoslari, qonunchilik, ijro va sud hokimiyati bo‘g‘inlari shakllantirildi.

Taʼkidlanganidek, O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida faoliyat boshlaganidan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi davrida u kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonlari jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarini qamrab oldi.

Shuningdek, tadbirda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida hayotga tadbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yakunlari va bu borada qo‘lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyatlar haqida ham atroflicha fikr yuritildi.

Mazkur ilmiy-amaliy seminar haqidagi axborot materiallari Misrning MENA axborot agentligi, “an-Nil” telekanali, “al-Ahram”, “al-Jumhuriya”, «Axbar al-Yaum», “ash-Shuruk”, «al-Axbar al-Yaum» singari yetakchi gazetalari, «al-Yaum as-Sabiʼ», «al-Balad Nyuz» kabi elektron nashrlar sahifalarida arab va ingliz tillarida keng yoritildi.

Mavzuga oid

Kuala-Lumpurdagi inshootlar O‘zbekiston ...

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Malayziya poytaxtining q...

АQShdan munosabat: Oʼzbekistonda bugun m...

Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida mamlakatimizning Vashington...

“Etihad Airways” aviakompaniyasi menejer...

Muxtorjon Axmedov, Birlashgan Arab Amirliklarining “Etihad Airways” aviakompaniyasi meneje...

So`nggi yangiliklar