Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   Dolzarb

O‘zbekiston Estoniya bilan elektron hukumat va AKT sohasidagi hamkorlikni yana-da kuchaytirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda


 TOSHKENT, 27 noyabr. “Dunyo” AA/.  O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov kecha  Estoniya elchisi  Toomas Tirs bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar ikki davlatlar o‘rtasida elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT-taʼlim, IT-tadbirkorlik sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga yo‘naltirilgan masalalarni muhokama qildi.

 Sherzod Shermatov bugungi kunda Estoniya elektron hukumat sohasida jahonda yetakchilik qilayotgan davlatlar qatoridan o‘rin olganini taʼkidladi. Uning tajribasini o‘rganish va qo‘llash, malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish sohadagi bugungi vazifalardan biridir.

 Estoniya elchisi O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho berib, kelgusida ikki davlat o‘rtasida AKT sohasida hamkorlikni kuchaytirishga ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘y...

Adish Agarvala, Xalqaro yuristlar kengashi prezidenti (Hindiston):

Yaponiyadan munosabat: O‘zbekiston va Qo...

Markaziy Osiyo va Kavkaz ilmiy-tadqiqot instituti bosh direktori (Yaponiya) Tetsuji Tanaka...

Zamonaviy issiqxonada qisqa vaqtda 480 m...

Shavkat Mirziyoyev Yangiariq tumanidagi “Global Food Impeks” mas’uliyati cheklangan jamiya...

So`nggi yangiliklar