Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/May/2020   Ilm-fan

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matematika institutining viloyatlarda hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi


TOSHKENT, 9 май. /«Дунё» АА/.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaroriga binoan  Fanlar akademiyasining V.Romanovskiy nomidagi matematika instituti tarkibida matematika taʼlimi bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish laboratoriyasi tashkil etiladi, deb xabar bermoqda «Дунё» AA мухбири.

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat taʼlim muassasalarida qo‘llaniladigan matematika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishda majburiy тартибда institutning ekspert xulosasi olinadi.

Hujjatga binoan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida institutning hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.

Hududiy bo‘linmalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va institutning tarkibidagi ilmiy bo‘linmalari sifatida faoliyat yuritadi.

Мазкур huquqiy hujjatning yana бир eʼtiborli jihati shundaki,  2021 yil 1 yanvarga qadar Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.

Milliy sertifikatlash tizimi doirasida:

-matematikani bilish darajasini baholash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatini berish ўрнатилган тартибда Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;

- matematikani bilish darajasini baholash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;

- imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat OTMga o‘qishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi;

- 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi;

- milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib borayotgan davlat taʼlim muassasasining joylashuviga qarab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi.

Mavzuga oid

Osiyo chempionati-U19 o‘yinlari Toshkent...

2020 yil oktyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo chempionati-U19 ...

«Abu Ali ibn Sino — O‘zbekiston g‘ururi ...

Pandemiya bilan bog‘liq murakkab sharoitga qaramasdan dunyo hamjamiyati tibbiyot, ilm-fan ...

Samarqandda Malayziyaning Siti universit...

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.To‘xtasinov va Malayziyaning Siti univers...

So`nggi yangiliklar