17/Yanvar/2022 Sport
TOSHKENT, 17 yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2022/2023 yillar mavsumi uchun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
OCHLning joriy mavsumida mamlakatimiz sharafini O‘zbekiston chempioni “Paxtakor” va mamlakat kubogi sohibi Qarshining “Nasaf” futbol klublari himoya qiladi.
Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi OCHL-2020/2023 mavsumini to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlaydi. “Nasaf” esa pley-off bosqichida ishtirok etadi.
Qurʼa natijalariga ko‘ra, “Paxtakor” Qatarning «Al Duhail», Eronning “Sepaxon” hamda «Al Taavon» va «Al Jayish» o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan pley-off uchrashuvi g‘olibi bilan “D” guruhidan o‘rin oldi.
Qarshining “Nasaf” klubi pley–off bosqichida BAAning “Baniyas” jamoasi bilan bahslashadi. Agar ushbu o‘yinda qarshiliklar raqibni mag‘lub etishsa musobaqaning “E” kvartetiga joylashadi.
“Nasaf” OCHLning guruh bosqichiga yo‘llanma beradigan o‘yinni 15 mart kuni “Baniyas” maydonida o‘tkazadi.
Maʼlumot uchun, OCHLning G‘arb mintaqasidagi guruh bosqichi o‘yinlari 7-27 aprel kunlari markazlashgan holda o‘tkaziladi. Nimchorak, chorak, yarim va final uchrashuvlari esa 2023 yil fevral oyida bo‘lib o‘tishi belgilangan.