Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Oktabr/2021   Tadbirlar

O‘zbekiston harbiylari «Kembriya patruli» xalqaro musobaqasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

TOSHKENT, 17 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiylari guruhi joriy yil 29 sentyabr - 17 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida o‘tkazilgan razvedka va maxsus bo‘linmalarning “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida qatnashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti


Unda dunyoning 18 ta davlatidan 103 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, Buyuk Britaniya, O‘zbekiston, Kosovo, Gretsiya, Irlandiya, Germaniya, Latviya, Fransiya, Gana, Italiya, Hindiston, Polsha, AQSH, Daniya, Indoneziya, Shveysariya, Litva, Niderlandiya Qurolli Kuchlari razvedka va maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilaridan iborat jamoalar o‘zaro bahs olib bordi.

Musobaqaning faol fazasi 14 oktyabr kuni boshlandi.

Musobaqa konkurslaridagi yo‘nalish 90 kilometr masofadagi turli darajadagi murakkab shartlardan iborat bo‘lib, har 8-10 kilometrda bir nechta jangovar topshiriqlar bajarildi.

Shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalangan 3 kilometr masofadagi zararlangan hududdan o‘tish, joyni razvedka qilish va tog‘ daryosini kesib o‘tish, yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, jarohatlanganlarni turli yo‘llar bilan evakuatsiya qilish, mina to‘sig‘idan yakka va guruh tarkibida o‘tish, dushman obyektiga hujum uyushtirish, garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy asirlarni so‘roq qilish kabi shartlar ham bajarildi.

Bundan tashqari jamoalarga 8 ta kutilmagan “test-syurpriz” (xorijiy davlatlar qurollari va harbiy texnikasi turlarini aniqlash, simulyatsiya va aloqa uskunalari yordamida artilleriya olovini yo‘naltirish, harbiy topografiya meʼyorlarni bajarish, Jeneva konvensiyasi bo‘yicha test topshirish, razvedka bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va tuzish, aloqa tayyorgarligi bo‘yicha meʼyorlarni bajarish, bajarilgan tadbirlar bo‘yicha va keyingi topshiriqlarni bajarishga shayligi bo‘yicha bildiruv berish) topshiriqlari ham berildi.

O‘zbekiston mudofaa vazirligi jamoasi musobaqada turli murakkab shartlardan iborat 90 kilometr masofani 37 soatda bosib o‘tdi.

Xalqaro musobaqa natijalariga ko‘ra, I o‘rin va oltin medallarni mezbon davlat – Buyuk Britaniya jamoasi, II o‘rin va kumush medallarni O‘zbekiston mudofaa vazirligi jamoasi, III o‘rin va bronza medallarni Amerika Qo‘shma Shtatlari jamoasi qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlarining...

Bugun ertalab O‘zbekiston poytaxtida «BMT Global aksilterror strategiyasi (GATS)ni amalga ...

O‘zbekiston elchisi Yevroosiyo iqtisodiy...

Bugun Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) binosida O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov...

Saudiya Arabistoni so‘nggi 3 yil ichida ...

Saudiya Arabistoni so‘nggi 3 yil ichida birinchi marta xorijlik ziyoratchilarga Haj ziyora...

So`nggi yangiliklar