Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Mart/2021   Dolzarb

O‘zbekiston hududiga kirishning yangi tartibi belgilandi

TOSHKENT, 21-mart. /“Dunyo” AA/. Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan O‘zbekiston hududiga kirishning quyidagi yangi tartibi o‘rnatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra,  O‘zbekiston havo, temir yo‘l transporti hamda chegara punktlari orqali tashrif buyurayotgan barcha shaxslardan o‘z hisobidan aeroport, temir yo‘l vokzali yoki chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress test olish tartibi 15-martdan eʼtiboran bekor qilindi.

Bundan tashqari, havo va temir yo‘l qatnovlari orqali tashrif buyurayotgan shaxslar havo yoki temir yo‘l qatanoviga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin, so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga PSR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgichga ega deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etishi talab etiladi.

Avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan shaxslar tomonidan so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga PSR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgichga ega deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etishlari shart.  PSR natijasi bo‘lmagan hollarda chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirusga ekspress test  topshiradi.

Koronavirus infeksiyasiga PSR tekshiruvlari natijalari ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi talab etiladi.

 Avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi natijasida musbat natija qayd etilgan hollarda belgilangan tartibda tegishli hududda joylashgan tibbiyot muassasalariga yuboriladi.

So‘x tumani, Shohimardon, Cho‘nqara, Toshtepa aholi punktlariga kirishda hamda ulardan O‘zbekiston tomon tranzit tarzida borayotgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan koronavirus infeksiyasiga barcha turdagi test tahlillarini topshirish talab etilmaydi.

25 martdan boshlab xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilardan faqat tan olingan laboratoriyalarning koronavirus infeksiyasiga PSR tekshiruvlari havo yoki temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoxud avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali ekspress test tekshiruvi o‘tkazmasdan kiritiladi.

Shu bilan birga, Respublika hududiga kirib kelish bo‘yicha o‘rnatilgan tartib bilan bir qatorda fuqarolar tomonidan tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, dezinfeksiya ishlarini o‘tkazib borish talabiga rioya qilish belgilandi. 

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining Orolbo‘yi min...

Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida O...

Sohibaxon Shokirova: Do‘stlik aloqalari ...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaa...

YeXHTning amaldagi raisi va Inson huquql...

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori Akmal Saidov 14 aprel kuni Y...

So`nggi yangiliklar