Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   Madaniyat

O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi va Turkiya hunarmandlar konfederatsiyasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi


ANQARA, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi va Turkiya hunarmandlar konfederatsiyasi (Türkiye Esnaf ve Sanatkârları Konfederasyonu) o‘rtasida onlayn-muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda ikki turdosh muassasa o‘zaro aloqalarni yana-da rivojlantirish, o‘zbek va turk hunarmandlarining tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ko‘rgazma va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

- O‘zbekiston azaldan o‘z hunarmandlari bilan mashhur bo‘lib kelgan, -dedi Turkiya hunarmandlar konfederatsiyasi raisi Bendevi Palando‘ken. - Joriy yil aprel oyida mamlakatingizni ziyorat qilish sharafiga muyassar bo‘ldim. Kuzatishlarim davomida haqiqatan ham o‘zbek ustalari va hunarmandlarining yuksak mahorat egasi ekaniga guvoh bo‘ldim. Yangi davrda mamlakatingizda zargarlik, ganchkorlik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi kabi anʼanaviy hunarmandchilik yo‘nalishlari rivojlanib bormoqda. 2022 yil Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan «Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik» festivalida turk hunarmandlarining ham taklif etilgani uchun minnatdorlik bildiraman.

Turk tomoni pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashganidan so‘ng 10 nafar o‘zbek hunarmandining Turkiyaga safari va yurtimiz xalq amaliy sanʼati mahsulotlarining ko‘rgazmasini tashkil etishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Uchrashuv nihoyasida O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi va Turkiya hunarmandlar konfederatsiyasi o‘rtasida  Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mavzuga oid

Yetuk adib Maqsud Shayxzoda haqida film ...

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, Ozarbayjon madaniyat markazi va “First art media” studiyasi...

O‘zbekiston elchisi Belarus Milliy kutub...

O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nosirjon Yusupov 5 jilddan iborat “O‘zbek tilining iz...

II xalqaro hunarmandchilik festivali shi...

2021 yil 10-15 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan II xalqaro hunarmandchili...

So`nggi yangiliklar