Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Noyabr/2022   Fakt

O‘zbekiston ilk bor YUNESKOning madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy qo‘mitasi ishida ishtirok etmoqda

 RABOT, 29 noyabr. /“Dunyo” AA/. 28 noyabr kuni Rabotda (Marokash) Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining (NMMMQHQ) 17-sessiyasi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda YUNESKO Bosh direktori Odri Azuley boshchiligidagi qo‘mita rahbariyati, NMMMQHQga aʼzo davlatlar vakillari, 130 dan ortiq kuzatuvchi davlatlarning yuqori martabali delegatlari va ekspertlar ishtirok etmoqda.

Joriy sessiya YUNESKO tizimidagi mazkur nufuzli qo‘mita faoliyatida ilk bor aʼzo sifatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston uchun yana bir muhim tarixiy bosqich bo‘ldi. NMMMQHQ  24 ta ishtirokchi davlatni o‘z ichiga oladi, ular har ikki yilda bir marta rotatsion asosda yangilanadi. O‘zbekiston joriy yil 6 iyul kuni bo‘lib o‘tgan «Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi konvensiyaga aʼzo davlatlar Bosh Assambleyasining 8-sessiyasi doirasida tashkil etilgan saylov natijalariga ko‘ra, 2022-2026 yillar uchun qo‘mita aʼzoligiga saylangan 12 ta davlatdan biri bo‘ldi.

Panel muhokamasida O‘zbekiston delegatsiyasining Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda respublikaning boy nomoddiy madaniy merosini asrab-avaylash, ko‘paytirish va ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi maʼruzasi tinglandi. O‘zbekiston tomonining 2003 yilgi Konvensiya qoidalarini, shuningdek, NMMMQHQ maqsad va vazifalarini ilgari surishga qaratilgan saʼy-harakatlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga qatʼiy intilishi yana bir bor tasdiqlandi.

O‘zbekiston boshqa qo‘mita aʼzolari bilan birgalikda kun tartibidagi 20 ta masala bo‘yicha 100 dan ortiq hujjatlarni ko‘rib chiqishga kirishdi. Jumladan, yaqin kunlarda 2003 yilgi konvensiya ijrosi bo‘yicha davriy hisobotlar yuzasidan 42 ta maʼruza, ushbu Konvensiya nazorat qiladigan ro‘yxatlarga kiritish uchun 55 ta nominatsiya, shuningdek, Baholash komissiyasi, Nomoddiy madaniy meros fondi, Kotibiyat faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi «Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi konvensiyaga 2008 yilda qo‘shilgan.

 

O‘tgan davr mobaynida YUNESKO Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga Boysun madaniy makoni, Shashmaqom mumtoz musiqasi, Katta ashula, Askiya sanʼati, Navro‘z, Palov madaniyati va anʼanalari, Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi: adras va atlas tikish, Xorazm raqsi – Lazgi kabi obyektlar kiritilgan.

Ushbu sessiya doirasida va kelgusida ko‘rib chiqilayotgan yana bir qancha yangi nominatsiyalar mavjud.

Sessiya 3 dekabrga qadar davom etadi.

Mavzuga oid

Farg‘ona viloyati hokimligi delegatsiyas...

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya bugun amaliy safar b...

O‘zbekiston SHHTga aʼzo davlatlar Hukuma...

Bugun Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari (Bosh vazir...

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaz...

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Sunʼiy intellekt bo‘yicha milliy ...

So`nggi yangiliklar