Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston Ispaniyaning yaqin kelajakda Toshkentda elchixona ochish rejalarini olqishlaydi

TOSHKENT, 2-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Polshaning Lodz shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Ispaniya tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik vaziri Xose Manuel Albares Bueno o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqotda O‘zbekiston va Ispaniya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari o‘zbek-ispan ko‘p qirrali hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Ispaniyani Yevropadagi ishonchli va istiqbolli hamkor deb biladi va rasmiy Madridning yaqin kelajakda Toshkentda elchixona ochish rejalarini olqishlaydi.

Tomonlar joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Ispaniya siyosiy maslahatlashuvlarining yettinchi raundining samarali natijalarini qayd etib, ushbu shakldagi muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar ko‘rsatkichlarini oshirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish, qo‘shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, mamlakatimiz bozori imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Ispaniyaning yetakchi kompaniyalarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan aniq takliflar ko‘rib chiqildi.

Vazirlar turizm, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ham fikr almashdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov kecha Misr elchisi Amira F...

O‘zbekiston TIV rahbari Belgiya Tashqi i...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi dele...

O‘zbekiston va Tojikiston TIV rahbarlari...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidovning Tojikisto...

So`nggi yangiliklar