Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/May/2021   Siyosat

O‘zbekiston Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh eʼlon qilinganini olqishlaydi


TOSHKENT, 12-may. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bayonoti eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatda «O‘zbekiston Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh eʼlon qilinganini olqishlaydi», deb taʼkidlangan.

«Umid qilamizki, ushbu muborak kunlarda kurashayotgan taraflar tomonidan o‘t ochishning to‘xtalishi Afg‘onistonda siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratadi, - deb qayd etiladi bayonotda. - O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini kelgusida ham rivojlantirish hamda mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tinch va farovon Afg‘onistonni bunyod etishda keng ko‘lamli yordam berishga qatʼiy sodiqligini yana bir bor bildiradi».

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 2 may kuni O‘zbekistonga kelgan AQSHning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod “Dunyo” AA muxbiriga qisqa intervyu berdi. «O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish siyosiy jarayonidagi o‘rni, ayniqsa, mamlakatning Markaziy Osiyodagi savdo-iqtisodiy, transport va energetika loyihalariga jalb etilishi jihatidan juda muhimdir. O‘zbekistonning ushbu jarayonlarga faol ko‘magi, shubhasiz, Afg‘oniston iqtisodiyotining tezroq tiklanishiga yordam beradi va tinchlik muzokaralarining borishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi», - deb taʼkidlagan edi u.

Mavzuga oid

“Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qon...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi kun tartibiga kir...

O‘zbekiston Respublikasi IIV va Yevropa ...

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari va Yevropa Ittifoqi...

O‘zbekiston — Turkiya: parlamentlararo h...

Qonunchilik palatasi saytida keltirilishicha, tadbirda O‘zbekiston va Turkiyaning tegishli...

So`nggi yangiliklar