Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Sentabr/2020   Sport

O‘zbekiston jamoasi 2020 yilgi Xalqaro armiya o‘yinlarida 14 ta medalni qo‘lga kiritdi


TOSHKENT, 7 sentyabr. /«Dunyo» AA/. 32 ta davlat harbiy xizmatchilari ishtirok etgan VI-Xalqaro armiya o‘yinlari (ARMI-2020) yakuniga ko‘ra mamlakatimiz terma jamoasi faxrli uchinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yurtdoshlarimiz 3 ta oltin, 8 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, Rossiya va Belarus kabi sovrindorlar qatoridan joy olib bronza medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqa o‘yinlari 5 ta mamlakat hududida 30 ta raqobatbardosh intizom bo‘yicha o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan alohida xizmatchilar yoki harbiy qism a’zolariga ko‘plab individual mukofotlar topshirildi.

Musobaqada Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan vakillarimiz 3 ta ko‘rik-tanlovda (“Harbiy tibbiyot estafetasi”, “Sadoqatli do‘st” va “Yo‘l-patrul xizmati”) g‘olib bo‘ldi.

Eslatib o‘tish joizki, 2019 yil O‘zbekiston harbiylari umumjamoa hisobida 32 mamlakat harbiylari o‘rtasida 5-o‘rinni egallagan edi.

Mavzuga oid

Buxoroda Xalqaro motohavaskorlar festiv...

2-4-oktabr kunlari Buxoro shahrida II xalqaro motohavaskorlar festivali o‘tkazildi

O‘zbekistonlik dzyudochilar Yaponiyada s...

Yaponiyadan kelgan tajribali mutaxassis, xalqaro yo‘riqchi (instruktor) Tomu Tori qariyb y...

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligin...

Milliy antidoping agentligi karantin davrida uy sharoitida mashg‘ulotlar olib borayotgan s...

So`nggi yangiliklar