Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2020   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston joriy yilda 1,5 milliard Rossiya sarmoyasini o‘zlashtirishi kutilmoqda — Eron OAV


TEHRON, 29 iyun. /«Dunyo» AA/. Eronning «Fars News», «Khabar Farsi», «Khabarban», «ITNA News» va boshqa qator yetakchi axborot saytlarida O‘zbekiston – Rossiya savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorligi to‘g‘risida maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» muxbiri.

Maqolalarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning Rossiyaga tashrifi chog‘ida ushbu mamlakat hukumati vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazgani haqida ma’lumotlar keltiriladi.

“Uchrashuvlarda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 21-majlisini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi”, deyiladi manba xabarida.

Qayd etilishicha, tomonlar ikki mamlakat bozorlarida O‘zbekiston va Rossiya ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini ko‘paytirish orqali savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratgan.

“Ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida savdo-sotiq sohasida o‘zaro hamkorlikning faollashishi yaqin kelajakda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini 6,6 milliard dollardan 10 milliard dollargacha oshirish imkonini beradi. 2020 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 1,5 milliard Rossiya sarmoyasini o‘zlashtirishi kutilmoqda”, deya qayd etiladi Eron nashrlarida.

Mavzuga oid

Global innovatsion indeksda O‘zbekiston ...

“InnoWeek.uz-2020” Xalqaro innovatsiya-investitsiya forumi doirasida Global innovatsion in...

O‘zbekistonning investitsiya siyosati mu...

O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotl...

Qashqadaryo viloyatining ikkita tumanida...

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari Bekzod Mamarajab...

So`nggi yangiliklar