Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2022   Jamiyat

O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Fransiyada tahsil olayotgan talabalar qutlov yo‘llashdi

PARIJ, 7-dekabr. /“Dunyo” AA/. Fransiya oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan  o‘zbekistonlik talabalar mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati o‘z tabriklarini yo‘llashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Firdavs Qahhorov, Serji Parij universiteti magistranti:

- Joriy yilda ham Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi   mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Vatanimiz ramzlari – bayroq, gerb, madhiya va albatta Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun har bir o‘zbekistonlik uchun faxr-iftixordir. Ayniqsa, chet ellarda vatanimiz ramzlarini ko‘rganda biz ich-ichimizdan quvonamiz. Barchamizning hayotimizda Konstitsiya muhim o‘rin egallaydi.

Fursatdan foydalanib, ostonada turgan Konstitutsiyamizning 30 yilligi bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlayman. 

Shamsiyabonu Irshodzoda, Serji Parij universiteti magistranti:

-Asosiy Qonunimiz qabul qilingan shonli sana bilan butun xalqimizni muborakbod etar ekanman, barchaga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman.

     1992 yilda qabul qilinganidan buyon O‘zbekiston Konstitutsiyasi davlatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi eng muhim  huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Taʼkidlash joizki, so‘nggi yillarda yurtimizni modernizatsiya qilish va yana-da taraqqiy toptirishga qaratilgan ulkan qamrovdagi islohotlarning hayotga izchil tadbiq etilishida, shubhasiz, Asosiy qonunimizning o‘rni beqiyosdir.

Biz, talabalar hayotida ham Konstitutsiyamiz muhim o‘rin tutadi. Unda  har bir yurtdoshimizning taʼlim olishi kafolatlagan, huquq va erkinliklari taʼminlangan.  

Mavzuga oid

Ertaga Inson huquqlari bo‘yicha Samarqan...

12-13-avgust kunlari Inson huquqlari bo‘yicha "Yoshlar – 2020: global birdamlik, barqaror ...

Niderlandiyada o‘zbek tilini o‘rganishg...

O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasida Yevropa mamlakatlarida o...

Islomobod deklaratsiyasi mamlakatlarni k...

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining ...

So`nggi yangiliklar