Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Sanalar

O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Polshadagi o‘zbekistonlik talabalar tabrik yo‘llamoqda


VARSHAVA, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Polshada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Doston Mardoyev, Vistula universiteti talabasi:

- Mustaqil O‘zbekistonimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman.

Konstitutsiyamizga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ular qayerda bo‘lishidan qatʼiy nazar O‘zbekiston qonunlari himoyasi ostida bo‘ladi. Biz kabi chet davlatlarda o‘qishda, ishda va boshqa safarda bo‘lib turganlar uchun bu muhimdir. Qonun mustahkamligi biz kabi yoshlarning ham o‘sib unishida, rivojlanishida, dunyoni zabt etishida muhim omildir. Biz ana shunday mustahkam qonunlar himoyasidamiz. Bu bizga yana-da katta kuch, ishon va shijoat beradi.

Asadbek Ahmadbekov, Vistula universiteti talabasi:

- Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatimiz bosib o‘tgan g‘oyat murakkab va sharafli yo‘l Bosh Qomusimizning hayotbaxsh kuchi va ulkan salohiyatidan dalolat beradi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan xalq bilan doimiy muloqotda bo‘lish, odamlarning tashvish-muammolarini hal etish, ularni rozi qilish - faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda.

Biz buni Vatan sarhadlaridan uzoqda yana-da chuqurroq his etmoqdamiz.

Aynan shu sababli Asosiy qonunimizni chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilish – barchamizning sharafli burchimizdir.

Bosh Qomusimiz tantanasi bilan barchani muborakbod etaman.

Mavzuga oid

Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik hom...

9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan buyuk bobokalon...

Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik k...

O‘zbekiston Prezidenti «Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ch...

Alisher Navoiy ijodiy merosi Germaniyada...

Joriy yil o‘zbek xalqining buyuk shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi hazrat Alisher Navoi...

So`nggi yangiliklar