Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar YEXHT rasmiy hujjati sifatida tarqatildi

VENA, 25-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasining YEXHT qoshidagi Doimiy vakolatxonasi tomonidan YEXHT Doimiy kengashining 1415-sonli majlisi kun tartibiga “O‘zbekistonda bo‘lajak referendum” mavzusidagi masala kiritildi va uning doirasida O‘zbekiston Respublikasining YEXHTdagi Doimiy vakili Abat Fayzullayev yig‘ilish qatnashchilariga joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum va Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi, deb xabar bermoqda  Dunyo AA muxbiri.


Tadbirda YEXHTga bo‘lgan barcha 57 ta aʼzo davlat, 11 ta muloqot bo‘yicha sherik davlatlar hamda tashkilotning ijro etuvchi tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Xususan, maʼruzada mazkur konstitutsiyaviy islohotlardan ko‘zlangan maqsad mamlakat hayotining barcha jabhalarida kechayotgan tub o‘zgarishlarning mustahkam huquqiy asosini yaratish hamda Asosiy qonunni jamiyatdagi bugungi real voqelikka va shiddatli tus olgan islohotlar mantig‘iga moslashtirishdan iborat ekanligi alohida taʼkidlandi.

“Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalq bo‘lishi kerak”, degan g‘oya asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq muhokamasi o‘tkazilganligi, jami aholidan uni takomillashtirish bo‘yicha 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgani va ularning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olgani qayd etildi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlash jarayonida boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda YEXHT tomonidan qabul qilingan tegishli xalqaro hujjatlar ham tahlil qilinganligi bildirildi.

Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida O‘zbekiston davlatining huquqiy maqomi bo‘yicha qatʼiy normalar kiritilayotganligi, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash davlatning oliy majburiyati etib belgilanayotgani, davlat hokimiyati tizimi tubdan isloh etilib, parlamentarizm yana-da kuchaytirilayotganligi, yoshlar, bolalar, ayollar huquqlari muhofazasiga oid qo‘shimcha kafolatlar belgilanayotgani maʼlum qilindi. Shuningdek, Konstitutsiyaga bozor mexanizmlarini yana-da rivojlantirish va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, mulk daxlsizligi va u bilan bog‘liq huquqlarning taʼminlanishini davlat tomonidan muhofaza etish hamda mulkiy huquqlarni cheklash faqat sud qarori asosida bo‘lishiga doir yangi normalar kiritilayotganligi qayd etildi.

Umuman olganda, mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar natijasida Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari hajmi 65 foizga oshishi hamda o‘zgartish va qo‘shimchalarning soni va mazmuni Konstitutsiyani yangi tahrirda qabul qilish zaruratidan dalolat berishi taʼkidlandi.

Majlis yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi maʼruzasi matni YEXHTning rasmiy hujjati sifatida ishtirokchi davlatlarga tarqatildi.

Telegram: O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar YEXHT rasmiy hujjati sifatida tarqatildi

 

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Doimiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida "O‘zbekistonda bo‘lajak referendum” masalasi ko‘rib chiqildi

Mavzuga oid

Malayziyaning ommabop “Astro Awani” tele...

Malayziyaning mashhur “Astro Awani” telekanali saytida “Oʻzbekiston xalqi Konstitutsiyaga ...

Rossiyalik va qirg‘izistonlik ekspertlar...

Mamlakatimizning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasida Yevropa-Osiyo tadqiqotlar markazi b...

Xitoyning Chunsin shahrida «Konstututsiy...

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Xitoyning Chunsin shahrida taʼlim olayotgan va vaqtinch...

So`nggi yangiliklar