Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2022   Dolzarb

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi Yaponiyada nishonlandi

TOKIO, 6-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kecha mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan Yokoxama shahrida joylashgan “Xodogaya” xalqaro hamkorlik markazida 33-chi bor o‘tkazilayotgan Xodogaya xalqaro festivali doirasida Bosh qomusimizning 30 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbekiston madaniyati kuni” tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Yokoxama shahri Xodogaya tumani rasmiylari, O‘zbekiston-Yaponiya do‘stlik jamiyatlari vakillari, vatandoshlarimiz, madaniy doiralar hamda yapon jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalarining  vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida “Xodogaya” xalqaro hamkorlik markazi galereyasida O‘zbekiston xalq amaliy sanʼati buyumlari va milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil qilingani barobarida mamlakatimiz madaniyati va sayyohlik salohiyatining taqdimoti ham o‘tkazildi.

Yurtimizning anʼanaviy hunarmandchilik buyumlari, milliy taom va mahsulotlari “Kinuya” va “Misty Caravan” kompaniyalari tomonidan tashkil qilingan stendlar vositasida ham namoyish etildi.

Madaniy tadbirning badiiy qismida vatandoshimiz X.Ismatov tanburda ijro etgan o‘zbek milliy mumtoz kuy-qo‘shiqlari va “Guliston” ansablining raqqosa qizlari ijrosidagi jozibador raqslar guldastasi mehmonlarda katta tassurot qoldirdi.

“Xodogaya” xalqaro hamkorlik markazi direktori Yuki Mizumura O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi doirasida hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ko‘magida tashkil qilingan “O‘zbekiston madaniyati kuni” kutilganidan ham aʼlo darajada tashkil etilganini aytdi. Uning taʼkidlashicha, tadbir ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirgani barobarida yapon jamoatchiligida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishni yana-da orttirdi. “Bizlarda yaqin kelajakda go‘zal O‘zbekiston bo‘ylab  sayohat qilish istagi paydo bo‘ldi”, dedi u.

Mavzuga oid

Italiya elchisi Agostino Pinna: Toshkent...

“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” yuqor...

O‘zbekiston Konstitutsiyasi – erkin va f...

Bugun poytaxtimizda «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – inson qadrini ulug‘las...

Buyuk Britaniyadan munosabat: O‘zbekisto...

Buyuk Britaniyaning «CTD Advisors Ltd» strategik aloqa kompaniyasi direktori Soxaib Bajva...

So`nggi yangiliklar