Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yangi normalar Kuvayt OAV nigohida

AL-KUVAYT, 28-mart. /“Dunyo” AA/.  Kuvaytning «The Times Kuwait» va  «Q-8 Press» elektron nashrlarida Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Boriy Alixonov qalamiga mansub «Ekologik huquqga oid normalar Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda» sarlavhali maqolani o‘z o‘quvchilari o‘rtasida tarqatdi,  deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


  Materillarda qayd etilganidek, bugun  O‘zbekiston hayotida chuqur o‘zgarishlar ro‘y beryapti. «Tub islohotlar esa jamiyatimizning tamoman yangicha qiyofasini shiddat bilan shakllantirmoqda. Mamlakatimizda mutlaqo yangi davr boshlandi. Bu majoziy o‘xshatish emas, ayni haqiqatdir», deb yozadi muallif.

Maqolalarda eʼtirof etilganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat - Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinishi, turfa va keng jamoatchilikning faol ishtirok etishi tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganini anglatadi.

«Konstitutsiyamizning yangi tahririda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks choralar belgilanmoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatimizda ekologiya, atrof-muhitni muchofaza qilishga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi,- deya qayd etadi  O‘zbekiston Oliy Majlisi yuqori palatasi qo‘mitasi raisi. - Ushbu sohani boshqarish va tartibga soluvchi qonunchilik bazasi takomillashtirildi. Butunlay, yangicha ekologik tafakkur, ekologik dunyoqarash shakllanib, aholining bu boradagi madaniyati yuksalmoqda. Zero, bu hayotiy zaruratdir».

Nashrda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlashga bag‘ishlangan maxsus normalar xususan har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega ekanligi, davlat tomonidan atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash, Orolbuyi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash yuzasidan choralar ko‘rilishi belgilanayotgani qayd etilgan.

Maqolada taʼkidlaganidek, atrof-muhit inson salomatligi va hayotiga taʼsir qiluvchi muhim omildir. Shu bois, mazkur norma jamoatchilik nazoratini kengaytirish orqali yurtdoshlarimiz va kelajak avlod uchun qulay va ekologik toza hududni saqlab qolish, aholining salomatligini ishonchli muxofaza etish uchun qulay atrof-muhitni taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini kuchaytiradi.

«Boz ustiga, davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi. Darhaqiqat, Orolbo‘yi mintaqasida yuzaga kelgan global ekologik muammo mintaqadagi 50 million nafarga yaqin aholining hayot tarziga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ushbu normaning belgilanishi mintaqa aholisi uchun munosib yashash sharoitlari yaratilishi va turmush darajasinnng jiddiy tarzda yaxshilanishini taʼminlaydi, shuningdek, ishsizlikni kamaytirishni taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini yaratadi», deb yozadi Kuvayt OAV.

Mavzuga oid

Buyuk Britaniyadan munosabat: Konstituts...

«AKS Services Group» kompaniyasi bosh direktori va asoschisi Vais Kais (Buyuk Britaniya) “...

Xitoydagi vatandosh: Davlatimiz Bosh qom...

O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarni Xitoyda tadbirkorlik faoliyati bila...

Novosibirskdan munosabat: Konstitutsiyag...

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda mam...

So`nggi yangiliklar