Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Yanvar/2023   Ta'lim

O‘zbekistonning bir guruh diplomatlari Misrda malaka oshirdi

 


QOHIRA, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonlik bir guruh diplomatlar Misr Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Taraqqiyot yo‘lida hamkorlik agentligi ko‘magida joriy yil 14-25 yanvar kunlari tashkil etilgan malaka oshirish kurslarda qatnashdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Diplomatik tadqiqotlar institutida o‘tkazilgan mazkur kurslarga, shuningdek, Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Sharqiy Yevropa va Osiyodagi 14 mamlakat vakillari ham jalb etildi.

Xorijlik mutaxassislar o‘zgarayotgan davrda diplomatiya sanʼati, muzokaralar va krizisni boshqarish, Yaqin Sharqdagi geosiyosiy holat, qurolsizlanish va boshqa dolzarb mavzular bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirdilar.

Kecha diplomatik kurslar bitiruvchilariga diplomlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Misr tashqi ishlar vazirining birinchi o‘ribosari Hamdi Loza, Diplomatik tadqiqotlar instituti direktori Valid Haggog, Qohirada akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatiya korpusi, xususan O‘zbekiston elchixonasi vakillari ishtirok etdilar.

Qayd etish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar jadal rivojlanib bormoqda.

1993 yildan buyon Misrning Taraqqiyot yo‘lida hamkorlik agentligi O‘zbekiston mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha turli sohalarda o‘quv kurslarini tashkil etmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida 1200 nafardan ziyod yurtdoshlarimiz diplomatiya, xavfsizlik, biznes, bank, transport, tibbiyot, arab tili kabi yo‘nalishlardagi kurslarda malaka oshirishdi.

 Shu o‘rinda taʼkidlash kerakki, Misr Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik tadqiqotlar instituti ham O‘zbekiston tomoni bilan yaqindan aloqalar o‘rnatish, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Diplomatik akademiya bilan taʼlim sohasida hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida taʼl...

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi o‘z faoliyati doirasida taʼlim va ilm-fan yo‘na...

Buyuk Britaniyaning Portsmut universitet...

Mamlakatimizning Londondagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridag...

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ar...

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlarid...

So`nggi yangiliklar