Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   Hamkorlik

O‘zbekiston mamlakatimizning JSTga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 6-yig‘ilishini tashkil etish uchun barcha zarur hujjatlarni topshirdi

TOSHKENT, 30 sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev raisligida  28 sentyabr kuni Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra,  yig‘ilish chog‘ida JSTga kirish jarayonining hozirgi holati va O‘zbekistonning Tashkilotga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining 6-yig‘ilishini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, joriy hafta boshida rejalashtirilgan muzokaralarni tashkil etish uchun barcha zarur hujjatlar JSTga aʼzo mamlakatlarga topshirilgan. Bundan tashqari, avval erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida JSTga aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar va Tashkilot Kotibiyati bilan maslahatlashuvlar doimiy asosda davom etmoqda.

Yig‘ilishda joriy yil oxirigacha JSTga aʼzo bo‘lish doirasidagi asosiy vazifalar belgilab olindi. Taʼkidlanganidek, hozirgi bosqichda JSTga aʼzo bo‘lish shartlarini muhokama qilishni faollashtirish zarur.

Idoralararo komissiya aʼzolariga Ishchi guruhning 6-yig‘ilishiga o‘z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko‘rish, barcha vazifalar ijrosini yuqori professional darajada taʼminlash va tayyorlanayotgan hujjatlar sifatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, ikki tomonlama muzokaralar doirasida JSTga aʼzo mamlakatlarning so‘rovlariga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish doirasidagi dastlabki majburiyatlarini shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston manfaatlarini ilgari surish va Tashkilotga aʼzolikni jadallashtirish maqsadida yaqin kelajakda JSTga aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishga qaror qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Energetika vazirligi delegat...

Shu kunlarda O‘zbekiston Energetika vazirligi delegatsiyasi Janubiy Koreyada o‘tkazilayotg...

Polshada Markaziy va Sharqiy Yevropa ham...

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi ushbu mamlakatning Sedlse shahri Tabiiy va gumanita...

O‘zbekiston va Germaniya xalqaro huquqiy...

O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya German...

So`nggi yangiliklar