Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/May/2021   9 may - Xotira va qadrlash kuni

O‘zbekiston Mautxauzen konslageri qurbonlarini xotirlash tadbirida ishtirok etdi


VENA, 19-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Mautxauzen konslageri ozod etilganining 76 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mautxauzen qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan memorial marosimda Avstriya va Vena shahri rasmiylari, diplomatik vakolatxonalar, xalqaro va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Mazkur konslagerda 40 millatga mansub 200 mingga yaqin mahbus, jumladan, 8,5 ming ayollar saqlangan. Mahbuslar orasida bolalar va o‘smirlar ham bo‘lgan. 1938 yildan 1945 yil 5 mayigacha Mautxauzen konslageri va uning bo‘limlarida jami 122 ming kishi, jumladan, 32 ming 180 nafar sobiq ittifoq fuqarolari halok bo‘lgan.

L.Boltmann instituti tomonidan urush oqibatlarini o‘rganish natijalari asosida chop etilgan «Ikkinchi jahon urushi davrida Avstriyada halok bo‘lgan sovet fuqarolari va ular dafn etilgan joylar» nomli xotira kitobida keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra, 299 nafar o‘zbekistonlik, jumladan, 189 nafar harbiy xizmatchi Avstriya hududida dafn etilgan. O‘zbekistonda tug‘ilgan 110 harbiy asirlardan 53 kishi Kazershteynbrux qishlog‘idagi №17/A konslagerining xalqaro mahbuslar qabristoniga, qolganlari esa Avstriyaning turli hududlaridagi 8 ta qabristonga, jumladan, 11 kishi  Mautxauzen konslagerida dafn etilgan.

Elchixona nomidan sobiq konslagerning markaziy maydonidagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yildi. O‘zbekiston delegatsiyasining maydonga kirib kelishi jarayonida Mautxauzen qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizga ingliz va o‘zbek tillarida minnatdorlik bildirildi.

Mavzuga oid

Belarusda o‘zbek qahramonlari Abdusalim ...

Belarusning Gomel viloyati Loyevskiy tumanidagi Derajichi va Xominka qishloqlarida Qahramo...

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari rag...

O‘zbekiston Prezidentining «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘r...

«Polsha-Sharq» assotsiatsiyasi prezident...

Polsha-Sharq» assotsiatsiyasi prezidenti, professor Yeji Brill poytaxtimizda G‘alaba bog‘i...

So`nggi yangiliklar