Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Fevral/2021   Media

O‘zbekiston mavzusi Xitoy OAV sahifalarida keng yoritilmoqda


PEKIN, 9-fevral. /“Dunyo” AA/. Yangi O‘zbekiston hayotida ro‘y berayotgan barcha muhim  o‘zgarish va yangilanishlar Xitoy ommaviy axborot vositalari sahifalarida muntazam va keng yoritilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Shuhrat Umirov.

«O‘zbekiston Prezidenti 2021 yilgi Davlat dasturini tasdiqladi». Xitoyning «Sinxua” axborot agentligi tarqatgan axborot ana shunday nomlangan. Unda 2017–2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Prezident farmoni eʼlon qilingani bilan bog‘liq muhim maʼlumotlar qalamga olingan.

Agentlik mazkur dastur doirasida 29,4 trillion so‘m va 2,6 milliard AQSH dollari miqdoridagi loyihalar amalga oshirilishini o‘quvchilar eʼtiboriga havola qilgan. «Bu ko‘rsatkich 2020 yili 18,2 trillion so‘m va 10,3 milliard AQSH dollarini tashkil etgan, shundan 8 milliard AQSH dollari hajmidagi mablag‘ sarmoyaviy loyihalar doirasida taqdim qilingan edi», deb yozadi “Sinxua” AA.  

Manbaning taʼkidlashicha, byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalardan 19,4 trillion so‘m hamda 850 million dollar hajmida mablag‘ ajratiladi. Davlat dasturini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 4 trillion so‘m va 850 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltiradi.

«Ijrochilar  va banklar tomonidan davlat dasturining amalga oshiriliga 6,8 trillion so‘m ajratiladi. Xalqaro moliya institutlari va grant mablag‘lari hajmi  1,8 trillion so‘m va 1,7 milliard AQSH dollarini tashkil etadi», deb yozadi agentlik.

Bundan tashqari, «Jenmin Jibao» kundalik gazetasi veb-sahifasida  («Jenmin jibao»-onlayn) eʼlon qilingan yana bir axborot materiali mamlakatimizda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etilgani mavzusiga bag‘ishlangan. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev  qarori bilan tashkil topgan mazkur jamg‘arma Alisher Navoiy hayoti, g‘oyalari va ilmiy-adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga daʼvat etilgani alohida taʼkidlangan.

«Hujjatga muvofiq, jamg‘arma Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish va ularni nashr etish, Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosini tadqiq etayotgan adib va olimlar faoliyatiga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi», deb yozadi «Jenmin jibao»-onlayn.

Nashr Alisher Navoiy tavallud topgan sana – 9 fevral  O‘zbekistonda har yili keng nishonlanishi xususida to‘xtalar ekan, mamlakatimizda o‘zbek tilining asoschisi, g‘azal mulki sultonining hayot va ijod yo‘li, uning boy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya, Navoiyxonlik tadbirlari o‘tkazilishi anʼana tusini olganini alohida qayd etadi.

«Bugungi kunda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy (1441 – 1501) nomi Xitoyda maʼlum va mashhurdir. «Milliy va xorijiy sheʼriyat» madaniy dasturida ishtirok etish uchun uning ijod namunalari tanlangan. 2017 yili Shanxay universitetining markaziy maydonida buyuk shoirning haykali o‘rnatilgan», deb yozadi manba.

“Dunyo” AA muxbiri,

Shuxrat Umirov,

Pekin

Mavzuga oid

Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti: O...

Avval xabar berilganidek, Turkiyaning ommabop «Business TURK» jurnalining yanvar soni O‘zb...

Xitoydan munosabat: Xitoy va O‘zbekiston...

Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti...

Eron matbuoti: “Yangi O‘zbekiston” ibora...

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-yilligi munosabati bilan Prezident Shavka...

So`nggi yangiliklar