Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston Maxsus vakili Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus guruhi rahbari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 27-noyabr. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining Siyosiy masalalarni rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Afg‘oniston bo‘yicha maxsus guruhi rahbari Abdulla bin Holid bin Saud al Kabir bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, mamlakatga tezkorlik bilan insonparvarlik va boshqa yordamlar ko‘rsatish borasidagi saʼy-harakatlari muhokama qilindi.

Abdulla bin Holid bin Saud al-Kabir O‘zbekistonning bu boradagi amaliy qadamlarini yuqori baholadi, ayniqsa, joriy yilning iyul oyi oxirida Toshkentda “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganini taʼkidladi.

Tomonlar Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash, mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga yana-da kengroq jalb etish muhimligini alohida taʼkidladilar.

Saudiya tomoni O‘zbekiston Respublikasining Afg‘onistonda Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘l liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha saʼy-harakatlari o‘z vaqtida amalga oshirilayotganini taʼkidlab, ushbu loyihani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Afg‘onistonning yangi hukumatiga nisbatan jahon hamjamiyatining yaxlit pozitsiyasini ishlab chiqmay hamda xalqaro gumanitar yordamni ko‘paytirmasdan turib, mamlakatdagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni bartaraf etib bo‘lmaydi, degan fikr bildirildi. 

Tomonlar Afg‘oniston masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining maxsus vakillari darajasida maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdilar.

 

Mavzuga oid

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida TIVni...

Bugun Oliy Majlis Senatining 32-yalpi majlisida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining 20...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbo...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Hindistondan kelgan xalq...

Yevropa Ittifoqi bilan chegara boshqaruv...

Kecha Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi chegara boshqaruvi...

So`nggi yangiliklar