Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Fevral/2021   Iqtisodiyot

O‘zbekiston mebel ishlab chiqaruvchilari Turkiya tajribasi bilan tanishdi


ANQARA, 26-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov boshchiligidagi mebel ishlab chiqaruvchilar delegatsiyasi Turkiyada bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, mazkur amaliy  tashrif Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dod Amreyevning joriy yil 8-10 fevral kunlari O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida amalga oshirildi. 

 Turkiya eksportchilari assambleyasi bosh kotibi o‘rinbosari Yigit To‘fon bilan suhbat davomida eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash va  ikki tomonlama savdo aloqalarini rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildi. Mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalar qo‘mitasi, O‘zbekiston-Turkiya ishbilarmonlar kengashi raisi Izzet Ekmekchibash bilan muloqotda investitsiyaviy va tijoriy aloqalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar 2021 yil davomida ishbilarmon doiralarining o‘zaro tashriflari va qo‘shma biznes-forumlar tashkil etishga kelishib oldi.

Turkiya Eksimbankida uyushtirilgan uchrashuvda investitsiyaviy va eksport faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari xususida so‘z yuritildi. Tadbirda bank vakillariga O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi qoshida tashkil qilingan «Uzexim Capital» moliyaviy instituti orqali faktoring amallarini moliyalashtirish, Toshkent viloyatida tashkil qilinayotgan sanoat hududi infratuzilmasini tashkil qilish va hududda investitsiyaviy faoliyatni moliyalashtirishni kengaytirish takliflari bildirildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari Bursa viloyati Inego‘l shahridagi “MASKO” mebelchilar shaharchasi hamda “Gebze” uyushgan sanoat zonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif mobaynida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida qator  kelishuv bitimlari imzolandi. Unga ko‘ra, hamkorlikda mebel ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini qo‘llab quvvatlash va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar jalb qilish  rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston 1,7 milliard dollarlik to‘qi...

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, joriy yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekisto...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaz...

Mozori Sharifda ochilgan yangi ishlab ch...

Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida o‘simlik yog‘i ishlab chiqariladigan modulli korxon...

So`nggi yangiliklar