Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Avgust/2020   Sport

O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-19 Osiyo chempionati yuqori darajada tashkil etiladi


TOSHKENT, 14 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakatmiz mezbonligida bo‘lib o‘tadigan 2020 yilgi U-19 Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli farmoyishi imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Farmoyishga binoan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida tashkiliy qo‘mita tarkibi tuzildi.

Shuningdek, yurtimiz mezbonlik qiladigan musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasi tasdiqlandi.

Osiyo chempionati o‘tkaziladigan joylarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos bo‘lishi, ishtirokchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi, mehmonxonalar va o‘yingohlar zarur tibbiy anjomlar, dori vositalari hamda tez yordam avtomashinalari navbatchiligi tashkil etilishi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ta’minlanadi.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan ishtirokchilar hamda mehmonlarni kuzatib borish uchun chet tillarini mukammal biladigan ko‘ngilli talabalar jalb etiladi.

«Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi buyurtmasiga muvofiq, tegishli xalqaro aeroportlarda musobaqa ishtirokchilari hamda mehmonlarini belgilangan tartibda kutib olish va kuzatishni tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida, U-19 Osiyo chempionati 14-31 oktyabr kunlari Toshkent shahri, Toshkent va Namangan viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.

Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Eron, Indoneziya va Kamboja bilan ushbu musobaqaning «A» guruhidan o‘rin olgan.

Mazkur turnirning yarim finaliga yetib borgan jamoalar 2021 yilgi U-20 Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Mavzuga oid

Rotterdamda vatandoshlar ishtirokida min...

Rotterdamda (Niderlandiya) O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi ko‘magi ...

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni mun...

Kuni kecha Toshkent shahrida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Men g‘...

Polsha: Varshavada ham Samarqand xalqaro...

Polsha poytaxtining markaziy tumanlaridan birida O‘zbekiston elchixonasi Samarqand xalqaro...

So`nggi yangiliklar