Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyun/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston Misr bilan taʼlim va sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yana-da jadallashtirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

QOHIRA, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev Misr oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar vaziri, sog‘liqni saqlash va aholi salomatligi vaziri vazifasini bajaruvchi Xolid Abdulg‘affor bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat chog‘ida oliy taʼlim, innovatsiya va sog‘liqni saqlash sohalarida O‘zbekiston-Misr hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

2018-yil 4-5-sentyabr kunlari Misr Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida imzolangan oliy taʼlim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga imkon yaratgani alohida taʼkidlandi.

Tomonlar  O‘zbekiston va Misr hukumatlari o‘rtasida oliy taʼlim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning ijrosi doirasida ikki mamlakat Ishchi guruhlarining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari xususida firk almashdi.

 O‘zbekiston va Misrda  yetakchi universitetlarning filiallarini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va o‘zaro taʼlim grantlari ajratish, innovatsiya yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash bo‘yicha ikki mamlakat Ishchi guruhlarini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston IAEA Boshqaruvchilar kengash...

O‘zbekistonning Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili, elchi Abat Fayzullayev At...

Malayziyaning Saravak shtati va O‘zbekis...

O‘zbekiston elchisi Malayziyaning Saravak shtati gubernatori va Bosh vaziri bilan uchrashd...

Londonda Buyuk Britaniya parlamenti a’zo...

25 aprel kuni Londonda mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchisi Said Rustamov va Barch...

So`nggi yangiliklar