Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   Iqtisodiyot

O‘zbekiston moliya muassasalari delegatsiyasi BAA tijorat banklari bilan hamkorlikni jadallashtirish masalalarini muhokama qilmoqda

ABU-DABI, 30 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Abu-Dabidagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston moliya muassasalari vakillaridan iborat delegatsiyaning Birlashgan Arab Amirliklariga amaliy safari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


 O‘zbekiston delegatsiya aʼzolari tomonidan BAA banklari va investorlariga mamlakatimiz moliya muassasalari faoliyati, mamlakatimizda yaratilgan sarmoyaviy muhit, davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni xususiylashtirish jarayonlari va tijorat banklaridagi davlat ulushini qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Tadbirda BAA Banklar federatsiyasi aʼzolari, jumladan 12 ta tijorat banki, investitsiya, sug‘urta kompaniyalari va turli jamg‘armalar vakillari ishtirok etdi.

Ikki tomonlama muloqotlar natijasida O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi va BAA Banklar federatsiyasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi, shuningdek, “Qishloq qurilish bank” va “Mashreq bank” o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

BAA Banklar federatsiyasi, tijorat banklari, “Etihad Credit Insurance”, “Abu Dhabi Investment group” kompaniyalari rahbarlari joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan II O‘zbekiston iqtisodiy forumiga ishtirok etish uchun taklif etildi.

 

Mavzuga oid

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ish...

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ishsizlikni qisqartirishga qaratilgan loyiha uchun 93...

O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim muassas...

Kecha mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi vakillari Saudiya taraqqiyot ja...

Farg‘ona xalqaro aeroportidan yuklarni x...

17 yillik tanaffusdan so‘ng Farg‘ona xalqaro aeroportidan yuklarni xorijiy davlatlarga to‘...

So`nggi yangiliklar