Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Jamiyat

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Diniy qo‘mita delegatsiyasi Haj va Umra safarlarini hal etish masalalarini muhokama qilish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi


TOSHKENT,  1 dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun erta tongda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi maʼlumotiga ko‘ra, o‘tgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo mo‘min-musulmonlari Haj va Umra amallarini ado etish baxtidan bebahra bo‘ldi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi Saudiya Arabistoni masʼullari bilan O‘zbekiston fuqarolari uchun Umra ziyoratiga yuborish, pandemiya munosabati bilan safarning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazadi.

 Taʼkidlash joizki, so‘nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgani, kunlik kasallanish darajasi kamayayotgani, vaksina olgan aholi miqdori oshib borayotgani va cheklovlar yumshatilayotgani kuzatilmoqda.

Ayni kunlarda yurtimiz mo‘min-musulmonlari katta intiqlik bilan Umra mavsumining boshlanishini kutmoqda. Tez orada mavjud ehtiyot choralari ham yumshab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin Umra ibodatlarini ado etish saodatiga erishadi, deb qayd etilgan manbada.

Mavzuga oid

Fuqarolik va fuqarosizlik muammolari: Mi...

Bugun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan BMT Qochoqlar...

8 sentyabr − Xalqaro jurnalistlar birdam...

Tahlilchilarning fikricha, bugungi kunda jurnalistika jahondagi eng xavfli kasblardan biri...

Asel Dadirova: O‘zbekistonda korrupsiyag...

Qozog‘iston milliy san’at universiteti falsafa fanlari nomzodi Asel Dadirova “Dunyo” AA mu...

So`nggi yangiliklar