Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Iyul/2021   Sport

O‘zbekiston Olimpiya umidlari: Yunon-rum kurashchisi Jalgasbay Berdimurodov


TOSHKENT, 7-iyul. /“Dunyo” AA/. Yaponiya poytaxti Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya  o‘yinlarida zafar quchish, sovrindorlar qatoridan o‘rin olish barcha ishtirokchilarning asosiy maqsadidir. O‘zbekiston atletlari ham ushbu nufuzli sport bayramida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarish, xalqimizga shodlik ulashish uchun jiddiy hozirlik ko‘rmoqda.

Yunon-rum kurashchilari ichida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan Jalgasbay Berdimuratov ham o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan.  Tokio Olimpiadasida Jalgasbay 77 kgda  vazndagi polvonlar bilan kurashadi. 

Jalgasbay Berdimuratov 1997 yil 17 sentyabr kuni Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan.

U 2016 yil yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan mamlakat chempionatida ilk marta zafar quchdi va shu yildan eʼtiboran  milliy terma jamoaning aʼzosi bo‘ldi. 2016 yil Filippinda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2017 yilda esa yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining kumush nishoni sohibi bo‘lgan.

Jalgasbay Berdimuratov 2019 yil  Nur-Sultan shahrida o‘tgan Jahon chempionatida o‘z ishtiroki bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. U dunyo birinchiligida Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Nukus sport kolleji tarbiyalanuvchisi mazkur jahon chempionatida  tajribali sportchilar - ukrainalik Volodomir Yakovliyev va litvalik Paulius Galkinasni mag‘lub etdi.

Sport olamining eng yirik musobaqasida ilk marotaba ishtirok etayotgan Jalgasbay Berdimuratov Tokioda mamlakatimiz va xalqimiz ishonchini oqlashiga harakat qilishini taʼkidlamoqda.

Yosh polvonimizga Tokiodan yorug‘ yuz bilan qaytishini tilab qolamiz!

Mavzuga oid

Misrning «Al-xabar al-youm» gazetasida «...

Misrning «Al-xabar al-youm» nashri veb-sahifasida Samarqand xalqaro xayriya yarim marafon...

Bo‘stonliq tumanida “Chimgan ski battle ...

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘ bag‘rida Chimgan ski battle 2021 qish...

Fotoreportaj: Xalqaro kamondan otish fed...

Xalqaro kamondan otish federatsiyasi va Turkiya Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Ugur ...

So`nggi yangiliklar