Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Noyabr/2022   Parlament

O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi YEXHT Parlament Assambleyasining kuzgi sessiyasida ishtirok etdi

TOSHKENT, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi 24-26-noyabr kunlari Varshava shahrida (Polsha) bo‘lib o‘tgan YEXHT Parlament Assambleyasining kuzgi sessiyasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda YEXHTga aʼzo 50 davlatdan 220 nafardan ortiq parlament aʼzolari ishtirok etdi.

Sessiya doirasida umumiy yalpi majlis, shuningdek, YEXHT PA migratsiya va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus qo‘mitalari majlislari bo‘lib o‘tdi. Sessiya doirasida YEXHT hududidagi nizolarni bartaraf etish, «yashil iqtisodiyot»ni yana-da rag‘batlantirish, inson huquqlarini himoya qilish, saylovlarni tashkil etish sohasida tajriba almashish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, sessiya davomida parlament aʼzolari Parlament Assambleyasi hamda YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) rahbariyatining hisobotlarini tinglashdi.

YEXHT PA Terrorizmga qarshi kurashish maxsus qo‘mitasi majlisi doirasida qo‘mitaning yangi doimiy aʼzosi senator Ravshan Alimov tanishtirildi. O‘zbekiston vakili maʼruza qildi. Ravshan Alimov respublikada terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qilmishidan afsuslangan shaxslarga manzilli yordam ko‘rsatish va ularni jamiyatga moslashtirish, shuningdek, terroristik faoliyatdan jabrlangan ayollar va bolalarni qutqarish hamda o‘z vataniga qaytarish bo‘yicha “Mehr” dasturlarini amalga oshirish doirasida ko‘rilgan kompleks chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Varshavada bo‘lishi doirasida YEXHT PA vitse-prezidenti, Terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus qo‘mita raisi R.Lopatka va Assambleya Bosh kotibi R.Montella bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda tomonlar mamlakatimizning YEXHT PA doirasidagi hamkorligining bugungi holati va istiqbollarini, shuningdek, Assambleyaning 2023 yildagi yalpi tadbirlariga oid masalalarni muhokama qildi.

YEXHT PA vakillari o‘zaro hamkorlik darajasini, O‘zbekistonning Assambleya doirasidagi faol pozitsiyasini yuqori baholadi hamda ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, fuqarolik jamiyati institutlarini mamlakat fuqarolari manfaatlaridan kelib chiqib mustahkamlashda bundan buyon ham har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Mavzuga oid

Senat aʼzolari O‘zbekistonning Koreya Re...

Kecha Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investi...

Senat qo‘mitasida navbatdagi yalpi majli...

Bugun Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy inve...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining yigi...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Kengashining kecha bo‘lib o‘tgan majlisida Senatning yig...

So`nggi yangiliklar