Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Parlament

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Qirg‘iziston va Qozog‘iston parlamentlari rahbarlari uchrashdi

TOShKENT, 16 aprel'. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboeva Rossiyaga tashrifi davomida  Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi (Torag‘asi) Talant Mamitov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko‘ra, ko‘p sohalardagi ikki tomonlama aloqalar, jumladan parlamentlararo, savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston jamg‘armasini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

— Savdo-iqtisodiy hamkorlik ustuvor yo‘nalish hisoblanadi, — dedi Senat Raisi Tanzila Norboeva. — So‘nggi 4 yilda o‘zaro savdo hajmi 5 baravar o‘sdi va 1 milliard dollarga yaqinlashdi. Shuningdek, parlamentlararo hamkorlikka, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashishga, saylov tizimini takomillashtirishga, chegaradosh viloyatlar o‘rtasida munosabatlarni mustahkamlashga katta ahamiyat berildi. O‘zbekiston ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraoldi viloyatlari rahbarlari kengashi doirasida faol hamkorlik qilishga tayyor. Bizning eng muhim vazifamiz — barcha kelishuvlarning eng yuqori darajada amalga oshirilishini ta'minlashdir.

— Birgalikda hal etishni talab qiladigan masalalar mavjud, — dedi Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Talant Mamitov. — Bugun do‘stona, yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini tiklayotganimiz quvonarli. Shu sababli turli tahdidlar va xavflar mavjud bo‘lgan hozirgi zamonda ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar, siyosiy munosabatlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.  

Uchrashuv davomida tomonlar parlament delegasiyalari tashriflarini amalga oshirishga, yaqin orada O‘zbekistonda Parlamentlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazishga, mintaqalararo hamkorlikni hamda Markaziy Osiyo rahbar ayollari muloqoti doirasida gender hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, shuningdek, ilm-fan, ta'lim, turizm, madaniyat va sport sohalarida muntazam ravishda qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga, umumiy qadriyatlar va an'analarni saqlab qolish va targ‘ib qilish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbaev bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida vakillik hokimiyat organlari o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanib, parlamentlararo muloqot rivojlanganligi qayd etildi.

— Bugun siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalardagi munosabatlarimiz do‘stlik, ishonch va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslanadi hamda “strategik hamkorlik” maqomiga ega, — dedi O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari Tanzila Norboeva. — Biz ilm-fan, ta'lim, turizm, madaniyat va sport sohalarida birgalikdagi tadbirlarni muntazam o‘tkazib turishdan, umumiy qadriyatlarimiz va an'analarimizni saqlash hamda keng targ‘ib qilishga doir qo‘shma dasturlarni amalga oshirishdan manfaatdormiz.

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida muvaffaqiyatli va o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik olib borish bo‘yicha boy tajriba to‘plaganligini ta'kidladilar. 2020 yil yakuniga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 millard AQSh dollaridan oshib ketdi.

— Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar yaxshi darajada, biroq kelajakda biz ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilamoqchimiz, — dedi Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbaev. — Ikki tomonlama munosabatlar o‘zaro qiziqish uyg‘otgan barcha yo‘nalishlarda va sohalarda jadal rivojlanmoqda. Shubhasiz, bunda O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Shavkat Mirziyoev hamda Kasim Tokaevning xizmatlari ulkandir.

Mintaqalararo aloqalarni, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarni rivojlantirishda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya faoliyatining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Tomonlar muntazam ravishda qo‘shma tadbirlar o‘tkazishdan, parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdi.

Mavzuga oid

Senat raisi O‘zbekiston velosport terma ...

Senat Raisi, O‘zbekiston velosport federatsiyasi raisi Tanzila Norboyeva kecha Olga Zabeli...

Senat qo‘mitasida navbatdagi yalpi majli...

Bugun Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy inve...

Senati raisi BMT Bosh kotibining birinc...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha BMT Bosh kotibining birinchi...

So`nggi yangiliklar