14/Iyun/2022 Parlament
TOSHKENT, 14-iyun. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 15-17 iyun kunlari O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi – Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, tashrif davomida AQSH Kongressi, shuningdek, to‘qimachilik uyushmalari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida to‘qimachilik sohasidagi davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilmoqda.
AQSH ishbilarmon doiralari uchun O‘zbekiston to‘qimachilik industriyasining savdo-investitsiyaviy salohiyati taqdimoti o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan.