Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Iyun/2021   Parlament

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari BMT Bosh kotibining yordamchisi bilan uchrashdi

TOSHKENT, 16 iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kecha BMT Bosh kotibining yordamchisi, Yevropa va MDH bo‘yicha BMT Taraqqiyot dasturi mintaqaviy byurosi direktori Mirjana Egger bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Oliy Majlis Senati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Matilda Dimovska ham ishtirok etdi.

Tomonlar so‘nggi yillar davomida ikki tomonlama aloqalar mustahkamlanayotgani, shu jumladan, BMT institutlari bilan hamkorlikda qator ishlar olib borilayotganini taʼkidladi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida siyosiy va iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlashda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining o‘rni kuchayib borayotgani to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbir chog‘ida BMTning 2030 yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchillik bilan amalga oshirish O‘zbekiston davlat siyosatining muhim yo‘nalishi ekanligi taʼkidlandi. Bu yo‘nalishda qator chora-tadbirlar ko‘rildi, BMT Taraqqiyot dasturi bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda gender tenglik bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi ham muhokama etildi.

Marjana  Egger O‘zbekistondagi demokratik islohotlarni yuqori baholagani barobarida o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyor ekanligini ham maʼlum qildi.

Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Mavzuga oid

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov Ozarbayjon Milliy Majlisi Rais...

Barqaror rivojlanish maqsadlari haftalig...

Kecha Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi doirasida «Taʼlim sifatini yana-da oshiris...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Senatga...

Bugun o‘z ishini boshlagan Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida Tashq...

So`nggi yangiliklar