Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/May/2021   Siyosat

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Fransiya tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik masalalari bo‘yicha vazir-delegati bilan uchrashdi


TOSHKENT, 12-may. /“Dunyo” AA/. Kecha Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Fransiyaning tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik bo‘yicha vazir-delegati Frank Riyester bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekiston - Fransiya hamkorligi, shu jumladan,  parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Bular O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, transport, sayyohlik, sanoat, madaniy-maʼrifiy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar sezilarli darajada mustahkamlanib borayotgani, ikki tomonlama munosabatlar, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va turizm sohalaridagi hamkorlik katta salohiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Vazir mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.

Maʼlumki, Oliy Majlis Senatining yangi tarkibida Fransiya Senati bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha guruh, Fransiya Senatida esa «Fransiya - Markaziy Osiyo» parlamentlararo guruhi ish olib bormoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari Moskva shahrida ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiya...

Shavkat Mirziyoyev Alberto Fernandesni t...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni Argentina Respublikasin...

Elchi Vitaliy Fen: Ikki mamlakat rahbarl...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya bir-biridan jug‘rofiy jihatdan uzoqda joylashgan bo‘lishiga ...

So`nggi yangiliklar