Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Oktabr/2021   Parlament

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raislari telefon orqali muloqotda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi

 TOSHKENT,  30 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida tomonlar parlamentlararo munosabatlar, shuningdek, o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini qamrab oladigan O‘zbekiston-Rossiya aloqalarni mustahkamlash masalalariga urg‘u berdi.

13-15 oktyabr kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Uchinchi Yevroosiyo ayollar forumi yakunlari va rossiyalik senatorlarning O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish missiyalari tarkibidagi, shu jumladan, MDH Parlamentlararo Assambleyasidan xalqaro kuzatuvchilar guruhidagi faoliyati yakunlari muhokama etildi.

Rossiyalik kuzatuvchilarning O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirildi.

Shuningdek, tomonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan hamda mehnat migratsiyasi, taʼlim va parlamentlararo hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama etilgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Parlamentlararo komissiyaning oltinchi majlisi yakunlarini yuqori baholadi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ishonchli va muntazam muloqot ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Mavzuga oid

O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasiga...

Senat tomonidan O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasining murojaatiga muvofiq palata a’zo...

Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assam...

Kecha o‘z ishini boshlagan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Senatning Kor...

Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi xotin-q...

Kecha Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byuro va YEXHT Parlament assamble...

So`nggi yangiliklar