Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Noyabr/2022   Parlament

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Davlat Dumasi raislari o‘zaro hamda xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar

TOSHKENT, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha Rossiya Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda  Dunyo AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya, transport-logistika, agrosanoat, ilmiy-texnik sohalarida istiqbolli loyihalarni ilgari surish, taʼlim va madaniy-gumanitar almashuvlarni kengaytirish hamda parlamentlararo hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Senat raisi Tanzila Norboyeva so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik sohasidagi muvaffaqiyatlar, jumladan, shu yil oktyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi yakunlari hamda ushbu sessiya MDH parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining yangi bosqichini boshlab berganiga to‘xtaldi.

O‘z navbatida, Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav  Volodin parlamentlar imkoniyatlari doirasida ikkala davlat rahbarlari darajasida qabul qilingan qarorlarning ijrosini taʼminlash muhimligini taʼkidlab, bugungi kunda O‘zbekiston Rossiyaning muhim iqtisodiy sherigi ekanligi, mamlakatlar o‘rtasida savdo aylanmasi o‘sayotganligi va bundan kelib chiqqan holda  transport, sanoat, turizm va boshqa sohalarda aloqalarni kuchaytirish zaruratiga urg‘u berdi.

Uchrashuv davomida Xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasida hamkorlikni yana-da mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi. Shuningdek, halqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi ...

Senatda O‘zbekiston Prezidentining BMTda...

Kecha Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiya...

Qozog‘iston parlamenti Senati delegatsiy...

Qozog‘iston parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev boshchiligidagi delegatsiya mamlakat...

So`nggi yangiliklar