Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Iyul/2022   Parlament

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining yigirma sakkizinchi yalpi majlisi 8 iyul kuni chaqiriladi

TOSHKENT, 6-iyul. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Kengashining  kecha bo‘lib o‘tgan majlisida  Senatning yigirma sakkizinchi yalpi majlisini  8 iyul kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, Kengash majlisini Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqardi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek,  videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlis doirasida qator masalalar ko‘rib chiqiladi.  «Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida»gi, «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Davlat byudjetining 2021 yil yakunlari bo‘yicha ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2022 yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish rejalashtirilgan.

Shuningdek, senatorlar daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olishning atrof muhit, suv va yo‘l xo‘jaligi obyektlariga salbiy taʼsiri yuzasidan hamda iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasida mahalliylashtirish dasturlarining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlarini yuborish masalalari muhokama qilinadi.

Yalpi majlisda eksport hajmining barqaror o‘sishini taʼminlash va uning nomenklaturasini diversifikatsiyalash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, mamlakatimizda gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining xavfsizligini taʼminlash holati, shuningdek, homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda go‘daklarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini ham tasdiqlash nazarda tutilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishi oqibatl...

O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Misr...

Oliy Majlis Senati qo‘mitasining raisi J...

Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirx...

Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalp...

Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi

So`nggi yangiliklar